Ana xolos! "Milan" Shevchenkoni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi

  • 30 sentabr, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga jamoaning sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoni taklif qilishmoqchi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra chempionatdagi muvaffaqiyatsiz natijalar amaldagi bosh murabbiy Marko Jampaologa nisbatan rahbariyatning ishonchsizligini keltirib chiqargan va u shu sababli ishdan olinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi esa Evro-2020 saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!