
Ana xolos! Modrich va Lovrenga 5 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qilinmoqda
Osiek shahri prokuraturasi Ispaniyaning “Real” futbol klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich hamda Frantsiyaning “Lion” klubining xorvatiyalik himoyachisi Deyan Lovrenni yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblamoqda. Bu haqda payshanba kuni Xorvatiyaning "Hina" agentligi xabar berdi.
Modrich va Lovren 2017 yilda Zagrebning Dinamo sobiq prezidenti Zdravko Mamichga qarshi ishda yolg‘on guvohlik berganlikda ayblanmoqda. Mamich “Dinamo” futbolchilari xorij jamoalariga o‘tganida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda va 15 million evrodan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblangan edi. Bularning natijasida Mamich 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qayd etish lozim, Zdravko Mamich 2003 yildan 2016 yilga qadar Zagreb klubida Zagreb klubi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.
Zagrebning“Dinamo” klubi bosh murabbiyi va sport direktori Zoran Mamich Xorvatiyaning 21 karra chempioni bilan bog‘liq firibgarlik ishi tufayli 2021 yilda murabbiylik faoliyatini yakunlab, qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
2017 yilda Modrich va Lovren allaqachon yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblangan edi, ammo 2018 yilda Zagreb sudi futbolchilarni oqladi.
Modrich 37 yoshda, u 2002 yildan 2008 yilgacha "Dinamo"da o‘ynagan va 2012 yildan beri "Real" Madrid futbolchisi hisoblanadi. Klub tarkibida yarim himoyachi turli turnirlarda 488 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi jamoa bilan birgalikda besh marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, to‘rt marta Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogida, uch marta Ispaniya chempionatida, ikki marta mamlakat kubogida g‘olib chiqqan. 2018 yilda xorvatiyalik yarim himoyachi Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo‘ldi, shuningdek, "France Football" jurnali tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan "Oltin to‘p"ni ham oldi. Futbolchi faoliyati davomida Angliyaning “Tottenxem” klubi sharafini ham himoya qilgan.
Lovren 33 yoshda va 2023 yildan buyon "Lion"da o‘ynamoqda. U 2010-2013 yillarda ham Frantsiya jamoasida o‘ynagan. 2005 yildan 2010 yilgacha esa "Dinamo" sharafini himoya qilgan. Bungacha himoyachi Angliyaning “Sautgempton” va “Liverpul”, shuningdek, Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoalari safida ham to‘p tepgan. U peterburgliklar bilan uch marta Rossiya chempioni bo‘ldi. Lovren “Liverpul” bilan birgalikda 2019 yilda Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan.
Fikrlar