Ana xolos! Mourino Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 08.06.2019 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya futbol federatsiyasi agar terma jamoa Amerika kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etmasa, bosh murabbiy Titeni o‘z lavozimidan ozod etadi.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyaliklar Titening o‘rniga ayni damda ishsiz yurgan Joze Mourino nomzodini ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Biroq, 58 yoshli portugaliyalik mutaxassis terma jamoalarda emas, yana klub sohasida ishlamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinoning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” klubi bo‘lgan edi. U mankuanliklar boshqaruvidan 2018 yilning dekabrida iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!