
Ana xolos! Neymar "Yuventus"ga o‘tishi mumkin
"Yuventus" klubi jamoaga PSJ futbolchisi Neymarni olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik hujumchining transferini turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining shaxsan o‘zi iltimos qilgan. Allegri "Yuventus"da Neymar va Di Mariya juftligini ko‘rishni istamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli brazil yakunlangan mavsum PSJ safida barcha turnirlar doirasidagi 28 o‘yinda 13 gol va 8 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar