Ana xolos! O‘FA hakamlar "Paxtakor" zarariga penalti belgilaganini e’lon qildi (video)

  • 19 may, 2022, 17:41
  • Javokhir Azimov
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvida tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

E’tiborlisi, bosh hakam toshkentliklar darvozasiga 2 bor penalti belgiladi. O‘FA matbuot xizmati bunga Hakamlar bo‘limi xulosalarini taqdim etdi:

"O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va ekspertlar hay’ati mutaxassislari O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahsda yuzaga kelgan vaziyatlar bo‘yicha o‘z xulosalarini berdi.

Xususan, uchrashuvning 1-daqiqasida mezbonlar hujumchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam bu vaziyatda 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, himoyachi tomonidan penalti beriladigan darajada qo‘pollik ishlatilmagan va hujumchi yiqilishni ko‘proq xohlagan. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, penalti noto‘g‘ri belgilangan.

Shuningdek, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Qo‘qon-1912” vakili toshkentliklar jarima maydonchasi ichida himoyachi tomonidan yiqitildi. Bosh hakam bu safar ham penalti belgiladi. Ushbu vaziyatda “Paxtakor” himoyachisi o‘ng oyoq tizza qismi bilan raqibining chap oyoq son qismiga kontakt hosil qilgan. Natijada, hujumchi muvozanatni yo‘qotdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hakam qarori to‘g‘ri bo‘ldi.

O‘zFHM shuni ma’lum qiladiki, uchrashuvdagi birinchi penalti mutaxassislar fikriga ko‘ra noto‘g‘ri belgilangani sababli bosh hakamga nisbatan past baho belgilanadi va o‘yin uchun gonoraridan tegishli tartibda ushlab qolinadi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодир Зарипов
19/05/2022 20:11
Пахтакор Осиёда нима килиб килди Марожни йигани бордими шунча пул шунча харажат хайф бунака каманда ундан кура йитим йисирлага бириш керак пулларни
Нодир Зарипов
19/05/2022 20:08
Пахтакорни факат кутини кутарилади зур булса хакконий гол уриб ютсин
&
Восток
19/05/2022 19:46
Яна бошланди пахтакор карасак ютолмаяпти
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/05/2022 18:20
uta kulgulik holat. usha kuni Nasaf Pahtakor holatni nimaga mafzu qilib kutarib chiqmadizla. yoki Sugdiyona Nasaf uyinniga Husniddin Aliqulovni boshi bilan gol urgan holatni nimaga mafzu qilib chiqmadizla.
Alisher Kamalov
20/05/2022 08:14
Худодан кайтяпти. Утган йили куп уйиндврда 90+ вактида Пахтакорга 11 метрлик жарималар олиб беришга хакамлар
Baxil Alihuja
19/05/2022 20:56
Йуколсин Пахтакор! Ана шунда узбек футболи ривожланади. Пахтакор факат тарихда колган, хозиргиси эса харомхурларни тудаси
Аминжон Ахмедов
19/05/2022 21:51
Тугри хакикий пахтакор портлаб кетган самолётда
&
Ғуломов Тўлқинжон
19/05/2022 19:01
Хакамлар Пахтакор фойдасига 11 метрлик жарима белгиласа "мавзу" кўтарилмайди чунки Пахтакор пойтахт жамоаси (1 тийинга қиммат)
Жабборов Ахмаджон
19/05/2022 18:30
Тўғри натижани бекор қилиб ўйинни бошқа ўтказиш керак то пахтакор ғалаба қилмагунча
Жабборов Ахмаджон
19/05/2022 18:30
Тўғри натижани бекор қилиб ўйинни бошқа ўтказиш керак то пахтакор ғалаба қилмагунча
&
Ruziyev Mahmatqobil
19/05/2022 18:25
Poxtakor hakamlar jamoasidan haqiqiy jamoaga utsin shunda futbulchilar hoqqonu futbul uynaydi futbilimiz usadi xolqara moydonlarda hakamlarga ishanmasdan munosib vatanimiz himoya qilishi mumkin
02 / 10 / 70 НУРМУХАММАД
19/05/2022 18:15
Авваллари тескариси бўлар эди фақат пахтакор фойдасига белгиланар эди 11 метрлий жаримлар 40 йилда мас хозир 4 йилда қайтяпти
Попов Дмитрий
19/05/2022 18:06
В обоих случаях судья далеко, хотя по игровому моменту обязан был дышать в спину им. Ещё за это не наказывают! Или дурят народ, считают болельщиков идиотами и прикрывают судей. Вот вам и правление Ирматова! - "Ворон ворону глаз не выклюет." // Интересно, долго ли ещё клубы будут трусливо молчать и терпеть?..