
Ana xolos! Peres Neymarni sotib olish uchun kredit oldi
“Real” Madrid klubi hamon PSJ forvardi Neymarni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbol yulduzini sotib olish uchun xatto moliyaviy tashkilotlardan kredit ham olgan.
Gap shundaki, “Real” hozircha Beyl va Xames Rodrigeslarning transferi borasida qoniqarli takliflar olmadi. Shu bois Neymarning transferiga etarli mablag‘ shakllantirilmagach jamoa qarz olishga majbur bo‘ldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda madridliklar Neymar evaziga PSJga 100-120 mln evro hamda etakchi futbolchilaridan birini taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Neymarga shuningdek “Barselona” ham xaridor bo‘lmoqda. Xatto kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi Neymarga qo‘ng‘iroq qilib, undan “Real”ga o‘tmaslikni so‘ragan.
Fikrlar