
Ana xolos: Rahbariyat “Barsa”ni chempion qilgan Xavini iste’foga chiqaradigan bo‘lyapti
Cadena Ser nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati joriy haftadagi uchrashuvlarda jamoa g‘alaba qozonmasa Xavi Ernandesni bosh murabbiylikdan ozod qilmoqchi.
Ma’lumki, Xavi shogirdlarining Ispaniya Superkubogida ashaddiy raqib – “Real”dan yiri hisobda engilgani kataloniyaliklarga og‘ir botdi.
Xavini klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku qo‘llab-quvvatlayotganiga qaramay, agar jamoa Ispaniya kubogi nimchorak finalida “Unionistas Salamanka” hamda La Liganing navbatdagi turida “Betis”ni engolmasa, Xaviga nisbatan chora ko‘riladi.
Xavi Ernandes “Barselona”ni 2021 yili qabul qilib olgan edi. Ispaniyalik mutaxassis musobaqa jadvalida pastlab ketgan jamoani qisqa muddatda mamlakat chempioniga aylantirdi. Biroq klub rahbariyati va muxlislar jamoadan muntazam sovrinlarni qo‘lga kiritishni talab qilmoqda. Ayniqsa, “Barsa” tarafdorlari Xavi Ernandes jamoani Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantira olmayotganiga ko‘p e’tiroz qilyapti.
Fikrlar