Ana xolos: “Real” Anchelottini haydashga yaqin
“Real”ni o‘tgan mavsum Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Karlo Anchelotti muddatidan oldin lavozasini tark etish ehtimoli oshib bormoqda.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, agar “Real” Chempionlar ligasining chorak finalidan o‘tolmasa, klub rahbariyati italiyalik mutaxassis xizmatlaridan voz kechadi.
Ta’kidlash lozimki, “kanonirlar” chorak finalning birinchi uchrashuvida madridliklar darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritgan. Javob o‘yini 16 aprelda bo‘ladi.
Karlo Anchelotti “Real”ni 2021 yili qabul qilib olgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida bir qator sovrinlarga ega bo‘ldi.
Biroq bu ish jarayonida klub rahbariyati 65 yoshli mutaxassisning ayrim qarashlarini qo‘llab-quvvatlamadi. Xususan, Anchelotti yosh yulduzlar – Arda Gyuler va Endrikka etarli darajada o‘yin amaliyoti bermay kelmoqda.
Karlo Anchelottining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar