
Ana xolos: “Real” birdaniga uchta yulduzni transfer qiladi
“Real” bugungi kunda jahonning eng qudratli jamoalaridan biri hisoblanadi. Shunga qaramay, klub rahbariyati tarkibni yanada kuchaytirishga qaror qilgan.
Madrid klubi mutasaddilari kelasi yozda amalga oshirilishi mo‘ljallangan transferlar bo‘yicha ish olib bormoqda.
Ispaniyaning AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” joriy mavsum yakunlanishi bilan uchta katta transferni amalga oshiradi. Ular “Bavariya”ning 23 yoshli himoyachisi Alfonso Devis, “Liverpul” himoya chizig‘ining 25 yoshli etakchisi Trent Aleksander-Arnold va “Manchester Siti”ning 28 yoshli yarim himoyachisi Rodri Ernandesni Madridga olib kelmoqchi.
Nishondagi o‘yinchilardan Devis va Aleksander-Arnold yozda erkin agentga aylanadi. Agar ular bu mavsum klubi bilan shartnomani yangilamasa, “Real” bu ikki himoyachini bepul qo‘lga kiritadi.
Rodrining transferi ancha qimmatga tushadi. Bu yarim himoyachi Evropa chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilganidan keyin uning transfer summasi 130 million evroga ko‘tarilgan.
Fikrlar