Ana xolos: “Real” Xolandni oladigan bo‘ldi

  • 20.09.2024 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” kelasi yozda yana bir katta transferni amalga oshirishga harakat qiladigan bo‘lyapti. Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” rahbariyati “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” moliyaviya qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan. Agar klubning aybi isbotlanib, APLdan chiqarib yuborilsa, “shaharliklar” qimmatbaho yulduzlarini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Norvegiyalik forvard transferining boshlang‘ich narxi 150 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Erling Xolandning o‘zi ham Madrid klubiga o‘tishga moyillik bildirgan. Keyingi paytda manchesterliklar 24  yoshli to‘purar bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan edi. Yangi shartnomada hujumchining “Real”ga o‘tishiga yo‘l ochadigan band ham kiritilishi kelishilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!