Ana xolos! “Real”da Benzema o‘rnini boshqa yulduz egallaydi

  • 6 yanvar, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” hujumchisi Karim Benzema “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan keyin o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Bundan tashqari, frantsiyalik to‘purar keyingi paytda ko‘p jarohatlana boshladi.

Madridliklar uning o‘rniga boshqa yulduzni olib kelmoqchi. Gap “Inter” hujumchisi Lautaro Martines haqida ketmoqda.

35 yoshli Benzemaning madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.  Tomonlar hali yangi bitim bo‘yicha kelisha olgani yo‘q.

Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Martines esa milanliklar safida 2026 yilning yarmigacha qolishi belgilangan. Biroq, manbalarning ta’kidlashicha, “Inter” 80 million evro atrofida taklif tushgan taqdirda hujumchini qo‘yib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!