Ana xolos! "Roma" futbolchisi klubni sudga bermoqchi
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo jamoani sudga berishi mumkin.
"Il Messaggero" nashrining xabar berishicha, futbolchi va uning atrofidagilar mavsum oxirigacha chetlatilgani munosabati bilan sudga murojaat qilmoqchi. Dzanolo transfer so‘roviga rad javob berilganidan keyin yuzaga kelgan tazyiq va psixologik bosim uchun "bo‘rilar"ni sudga bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Rim klubi futbolchi bilan qishki transfer vaqtida xayrlashmoqchi edi. Angliyaning "Bornmut" jamoasi Nikoloni o‘z safiga qo‘shib olish borasida taklif yubordi, ammo futbolchi APL klubiga o‘tishni xohlamadi. Rimliklar esa uni mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi.
30 yanvar kuni kechasi Dzanolo qarorini o‘zgartiridi va "Bornmut"ga o‘tishga rozi bo‘ldi, biroq bu safar ingliz jamoasi u bilan shartnoma imzolashni istamadi.
Fikrlar