Ana xolos! “Roma”da katta yo‘qotish!

  • 11 dekabr, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da o‘ynayotgan Italiya futbolining eng iqtidorli vakillaridan biri Nikolo Dzanolo Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida TsSKAga qarshida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, bir necha daqiqadan so‘ng, jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘yin vaqtida futbolchining o‘ng soni mushaklarida kuchli og‘riq kuzatilgan.

Dzanolo endi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. U keyingi paytda ikki marta og‘ir jarohat oldi. Joze Mourino yaqinda italiyalik himoyachilar unga qarshi qo‘pol o‘ynayotgani va Nikoloning o‘zi yana jarohat olishdan cho‘chib qolganini ta’kidlab, shogirdiga boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishni tavsiya qilgandi.

22 yoshli futbolchi yaqin orada jamoasiga yordam bera olmasligi ma’lum qilindi. Jarohat jiddiy bo‘lmagan taqdirda ham Nikolo kamida 18 dekabrda maydonga qaytishi mumkin. Agar tekshiruvda biror muammo aniqlansa, u holda universal futbolchi yangi yil bayramidan keyin safga qo‘shilishi aytilmoqda.

Dzanolo joriy mavsumda jami 20 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

E5B084C5-0A5A-4C00-94A7-602453872D10

Mourino kashf qilgan hujumchi kovidni engdi

Joze Mourinoning kashfiyotlaridan biri Feliks Afena-Gyan koronavirus yuqtirib, bir necha uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, yosh futbolchi tibbiyot xodimlari nazoratida ma’lum muddat davolangan. Uning oxirgi topshirgan testi manfiy natija berdi. Mutaxassislar uch kundan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shilishiga ruxsat bergani aytilmoqda.

 - Nihoyat, testim manfiy chiqdi.  Jamoadosh do‘stlarim bilan birga mashg‘ulotlarga qo‘shilishga tayyorman, - dedi Afena-Gyan.

who-is-felix-afena-gyan-roma-sensation-unleashed-by-mourinho-970611d

“Roma”ning g‘aznasi boyidi

“Roma” UEFA tasnifidagi uchinchi musobaqa – Konferentsiyalar ligasining guruh bahslarini birinchi o‘rinda yakunlab, nimchorak finalga yo‘llanma oldi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Rim klubi guruh bosqichdagi natijalari evaziga musobaqa tashkilotchilari tomonidan mukofotlanadi. Xabar berilishicha, “Roma” g‘aznasiga UEFA 7,5 million evro miqdorida mablag‘ o‘tkazib beradi.

Klub rahbariyati bu summani qishki transferlar vaqtida yangi o‘yinchilarni olish uchun  ishlatishni mo‘ljallamoqda.

0626e6aaf97c86c6b0c61095d06847f8-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Gol Mayoralni qutqara olmaydi!

Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining oxirgi turida maydonga tushgan Borxa Mayoral TsSKA darvozasini ishg‘ol qilib, rimliklarning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Manbalarning bildirilishicha, bu gol ispaniyalik hujumchining Rimda olib qolish uchun etarli emas. Bosh murabbiy Joze Mourino o‘tgan yili 10 ta gol bilan klub to‘purari bo‘lgan hujumchini olib qolmoqchi emas. Agar portugaliyalik mutaxassisda Mayoral bilan hamkorlik qilish niyati bo‘lganida uni yozda 15 million evroga “Real”dan sotib olardi, degan ma’lumot tarqatilyapti.

Mayoral qishki transferlar vaqtida Rimni tark etishi kutilmoqda. Iste’dodli hujumchiga Italiya chempionati vakili “Fiorentina” anchadan beri qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, Angliya premer-ligasidan “Kristal Pelas” mutasaddilari hujumchiga egalik qiluvchi  “Real”ni Mayoralni “tumanli albion”ga jo‘natishga ko‘ndirmoqchi.

1639082849_61b2635bdcb6c (1)

Yaxshiboev jamoasi bu borada eng zo‘ri...

Shomurodov va “Roma”ni jiddiy sinovlar kutmoqda

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
11/12/2021 18:00
Nima eldor ketarkamni romadan yoki yoqmi kim ketararkan kimni yoqotayapti burilar aaaaaa