
Ana xolos: Ronaldu bir kunda yarim million dollardan ko‘p pul olyapti!
Krishtianu Ronaldu bugungi kunda eng ko‘p maosh olayotgan futbolchiga aylandi. Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi unga yiliga 200 million dollarga yaqin maosh to‘layapti.
Mashhur futbolchilarga Saudiya Arabistoniga yo‘l ochib bergan portugaliyalik yulduzning daromadi kunma-kun, oyma-oy hisoblab chiqildi.
Unga ko‘ra, Ronaldu:
Oyiga 16,6 million dollar;
Kuniga 548 ming dollar;
Soatiga 22 831 dollar;
Daqiqasiga 380 dollar;
Soniyasiga 6,34 dollar olmoqda.
Fikrlar