
Ana xolos! Ronaldu va Messi yangi mavsumni bir jamoada boshlashi mumkin
AS nashri muxbiri Xaver Matallanasning so‘zlariga ko‘ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoada Ronaldu – Messi juftligini yaratmoqchi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar prezidenti va uning yordamchilari allaqachon 36 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Ta’kidlash kerakki, "Yuventus"ga Massimiliano Allegri qaytgach, Ronalduning jamoadagi taqdiri so‘roq ostida bo‘lib turibdi.
Laporta Ronaldu uchun "keksa sinora"ga Antuan Grizmann, Serji Roberto yoki Filippe Koutinoni berishga tayyor. Ushbu futbolchilarning “Barsa”dagi taqdiri so‘roq ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Barselona”ning asosiy raqibi hisoblangan “Real” safida o‘ynagan.
Fikrlar