
Ana xolos! Salaning eng yaqin do‘sti ham aviaxalokatdan vafot etdi
Frantsiyaning “Nant” klubi sobiq hujumchisi Emiliano Salaning eng yaqin do‘sti Sebastyan Rabellino o‘tgan hafta 24 yoshida aviaxalokatdan vafot etdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq argentinalik futbolchining otasi Orasio Sala yurak xurujidan olamdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, marhumning o‘g‘li Emiliano Sala joriy yilning 21 yanvar kuni La-Mansh bo‘g‘ozida aviahalokatga uchrab vafot etgan edi. U charter reys bilan Uelsga, ya’ni yangi jamoasi hisoblangan “Kardiff” safiga borib qo‘shilish uchun yo‘l olgan edi.
Fikrlar