Ana xolos! Saul Alvares "Golden Boy" bilan shartnomani bekor qildi
Meksikalik bokschi Saul "Kanelo" Alvares Oskar De La Xoyya bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu borada uning murabbiyi va menejeri Eddi Reynoso ma’lum qildi.
"Saul Alvaresning menejeri va murabbiyi sifatida boks ahliga shuni aytishni joiz deb bildimki, bugundan boshlab, Saul Alvares erkin agentga aylandi. Biz uning boksdagi faoliyatini birga davom ettirishga tayyormiz.
Biz shu vaqtga qadar mashg‘ulot zalida juda qattiq mehnat qildik va ushbu yilning o‘zida jang o‘tkazishga tayyormiz. Navbatdagi jang sanasi, raqib va manzilni tez orada e’lon qilamiz va biz Meksika boksining eng zo‘rligini yana isbotlash uchun kuchliroq bo‘lib qaytamiz",- dedi Eddi Reynoso.



Fikrlar