
Ana xolos! Serxio Ramos endi Ispaniya uchun o‘ynamaydi
PSJ markaziy himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
- Terma jamoa bilan xayrlashish vaqti keldi. Bugun ertalab, terma jamoa murabbiyi qo‘ng‘iroq qilib, hozirham yuqori darajada o‘ynay olishimga qaramay, menga ortiq suyanmasligini aytdi.
Afsuski, bu men yanada uzoqroq davom ettirishni istagan va bundanda yaxshiroq holatda yakunlanishini kutgan yo‘limning oxiri bo‘ldi, - deb yozdi Serxio Ramos ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida.
Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi uchun 180 ta uchrashuv o‘tkazgan va himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga 23 ta to‘p ham kiritgan. Mashhur himoyachi Ispaniya tarkibida 2010 yili jahon chempioni, 2008 va 2012 yillarda Evropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.
36 yoshli futbolchi 2022 yilning oxirida Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatiga ham ealb etilmagan edi.
Fikrlar