
Ana xolos: Superklub Messini Evropaga qaytarish bo‘yicha ish boshladi
Ayni paytda AQShnin “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi faoliyatini yana Evropada davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TNT Sports nashrining ma’lum qilishicha, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibini “Barselona” o‘z safiga qaytarish bo‘yicha ish boshlagan.
Kataloniyaliklar argentinalik yulduzni 2026-2027 yilgi mavsum uchun o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashcha, bu oson bo‘lmaydi. Eng katta muammo “Baselona”ning moliyaviy ahvoli Messini olib kelish uchun og‘irlik qilishi mumkin.
37 yoshli to‘purar 2023 yildan beri “Inter Mayami” safida to‘p tepyaptni. Uning floridaliklar bilan hamkorlik shartnomasi shu yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.
Fikrlar