Ana xolos! "Tottenxem" prezidenti Eriksenni raqobatchi jamoalarga ham sotishga tayyorligini aytdi

  • 19 dekabr, 2019, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi prezidenti Deniel Levi jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning kelajagi borasida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Men biror bir shaxsga ko‘p e’tibor qaratishni xohlamayman. Eriksen “Tottenxem”da qoladimi yoki yo‘q buni uning o‘zi hal qiladi. Mening bu vaziyatga qarashim juda oddiy. Futbolchi shartnomani imzolashi uchun nafaqat shartnoma bandlari yaxshi bo‘lishi, balki, buni uning o‘zi ham xohlashi kerak. Agar yo‘q bo‘lsa biz uni sotib yuborishdan qo‘rqmaymiz, xatto raqobatchilarimizga ham”, - deydi Levi.

Eslatib o‘tamiz, Eriksenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. U jamoaning kelishuvni uzaytirish borasidagi bir nechta takliflarini rad etdi.

Eriksenga "Yuventus", "Inter", "Real" va "Manchester Yunayted" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!