
Ana xolos! Verner Lempardning orzusidagi hujumchi emasmi?
“RB Leypig” forvardi Timo Verner “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi. Ammo, londonliklar safida ushbu transfer bo‘yicha yagona qaror yo‘q.
Gap shundaki, “aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempard va jamoaning texnik direktori Petr Chex “Arsenal” forvardi Per-Emerik Obameyangni sotib olishmoqchi edi. Ammo, rahbariyat 30 yoshli gabonlik futbolchidan ko‘ra 24 yoshli nemisni olib kelishni ma’qul ko‘rdi.
Aytish kerakki, Vernerning transferi “Chelsi”ga 60 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Fikrlar