Ana xolos. “Yuve” Ronaldudan voz kechyapti!
Evropa Chempionlar ligasini erta tark etgan “Yuventus” yozgi transferlar vaqtida jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduni sotib yuboradigan bo‘ldi.
- Krishtianu Ronaldu mavsum oxirida Turinni tark etishi kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi, biroq uning maoshi (yiliga 31 million evro) klubga og‘irlik qilmoqda, - deb yozadi taniqli jurnalist Nikolo Skira.
Ronaldu 2018 yilning iyulida “Real”dan 117 million evroga transfer qilingan edi. Turinliklar safida 121 ta uchrashuvda 92 ta gol urib, 22 marta golli pas uzatgan portugaliyalik yulduz ikki martadan mamlakat chempioni va Superkubok g‘olibi bo‘ldi.
“Yuventus” rahbariyati esa, Krishtianudan Evropa Chempionlar ligasi sovrinini yutishda yordam berishini kutgan edi. Biroq, Ronaldu etakchiligidagi jamoa ketma-ket ikki marta nimchorak finaldan ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar