Anastasiya Kuzminadan fantastik natija

CHERY AUTO

Bugun Norvegiyaning Xolmenkollen shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqich bahslariga start berildi. Bosqichning ilk poygasi ayollar o‘rtasidagi sprint dasturida kechdi. 

Tecno

Aynan ushbu yo‘nalishda bir necha karra Olimpiada chempioni hisoblanmish slovakiyalik Anastasiya Kuzmina bu gal ham yuqori sprinterlik mahoratini namoyish qilib, ishtirokchilar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Ajablanarlisi, Kuzmina o‘q otishda 1 ta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham chang‘idagi fantastik tezligi evaziga g‘alabani ilib ketdi. Kuchlik uchlikdan belaruslik Darya Domracheva hamda ukrainalik Yuliya Jima o‘rin egallashgan. 

 

Birozdan so‘ng erkaklar ayni shu yo‘nalishda kuch sinashishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!