
Anchelotti “Atletiko”ga qarshi o‘yindan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, bahs uchun rejasini oshkor qildi
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko Madrid”ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin uchun rejasi va bir necha futbolchilarning holati haqida gapirib o‘tdi.
"Biz "Santyago Bernabeu"da "Siti"ga qarshi qilgan ishimizni takrorlamoqchimiz. O‘sha o‘yin o‘zgacha bo‘ldi. Shu bilan birga, bu o‘yin ilk uchrashuvda emas, javob o‘yinida hal bo‘ladi. Bo‘lajak to‘qnashuvda katta ustunlikka erishib bo‘lmaydi. Bu bellashuv so‘nggi daqiqalargacha teng bo‘ladi.
Federiko Valverde bugun biz bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo u ertaga o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, o‘sha vaqtda qaror qabul qilamiz. Uning holati juda ham yomon emas.
Jud Bellingem va Dani Sebalossiz jamoa haqida so‘rasangiz, mening javobim bir hil. Bizning fikrimiz o‘zgarmaydi. Yozgi transferlar oynasida yarim himoyani kuchaytirmaymiz, hujumni ham chetda qoldirmaymiz.
Oldingi o‘yinda dam olgan futbolchilar, masalan, Raul Asensio va Kamavinga ertangi o‘yinda asosiy tarkibdan joy olishlari mumkin.
"Atletiko" va "Siti" o‘rtasidagi farq?
Biz "Atletiko"ning ochiqroq jamoa ekanligini va "Siti"ga qaraganda tezroq hujum qilishini hisobga olishimiz kerak. "Siti" to‘pni ko‘proq ushlab turadi.
Jamoamizning tarkibida juda ko‘p jarohatlar bor edi, ammo Asensio kabi futbolchilar bizga ko‘p yordam berishdi. Bu yangi o‘yinchilarni ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar