Anchelotti Braziliya terma jamoasi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

  • 03.05.2025 17:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga tayinlanishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

"Men klubni, futbolchilarni va muxlislarni yaxshi ko‘raman, ularga hurmatim baland. Kelajagim haqida 25 may kuni ma’lum qilaman, undan oldin emas.

Biz hozirgi payt haqida o‘ylayapmiz, oldimizdagi o‘yinlar haqida. Biz hali ham kurashishimiz mumkin deb hisoblaymiz va La Ligani oxirgi daqiqasigacha yutush uchun harakat qilamiz.

Juda ko‘p jarohatlar, qiyinchiliklar bo‘ldi, lekin ishonchimiz komilki, yaxshi tarkib tuzib, "Selta"ga qarshi ertagi o‘yinda g‘alaba qozona olamiz.

Men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Fikrim aniq – nima qilishim, nima qilmoqchi ekanim va nima qilayotganimni juda yaxshi bilaman" – deya barcha savollarga javob berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!