Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin, agar "Real" bilan kelisha olsa...

  • 1 may, 15:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq Karlo Anchelotti "Real Madrid"ni tark etishga qaror qilgani va bu haqda futbolchilarga ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

Biroq, "Real" Anchelottini klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (iyun oyi o‘rtalarida AQShda boshlanadi) tugagunga qadar qo‘yib yuborishni istamayapti. Madrid klubi murabbiyni kompensatsiya — 11 million evro — to‘lanmasdan ketishiga rozi, chunki bunday holda u o‘z xohishi bilan jamoani tark etayotgan hisoblanadi.

Ammo murabbiy ushbu kompensatsiyani olishni xohlagani aytilmoqda va shu sababli muzokaralar murakkablashgan.

"The Athletic" ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF)dagi manbalar yana bir bor kelishuv puchga chiqishini istamaydi, biroq muzokaralardan ham to‘liq voz kechmagan.

Madriddagi manbalar esa Anchelotti va "Real" o‘rtasida maosh bo‘yicha kelishuv muhokama qilinayotganini va aynan shu masala murabbiyning kelajagini hal qilishi mumkinligini ma’lum qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!