Anchelotti: "Endi murabbiylik litsenziyamni yirtib tashlashim shart emas"

  • 13 fevral, 2023, 06:51
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdi Federiko Valverde namoyish etayotgan sermahsullik haqida gapirdi.

Urugvaylik yarim himoyachi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvida dubl qayd etib, "Al-Hilol"ning mag‘lub etilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Bu orqali u joriy mavsumdagi gollari sonini 11 taga etkazib oldi.

"Men Fedega o‘zining 11-to‘pini kiritgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi murabbiylik litsenziyamni yirtib tashlashim shart emas",-dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Anchelotti mavsum avvalida Valverde mavsum davomida 10 tadan ko‘p gol urmasa, murabbiylik guvohnomasini yirtib tashlashga va’da bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!