
Anchelotti Gvardioladan ham, Kloppdan ham zo‘r! Chunki...
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra, 2022 yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi. U faoliyati davomida bu sovrinni uchinchi marta oldi.
Aytish kerakki, “qirollik klubi” 63 yoshli italiyalik mutaxassis qo‘l ostida 2022 yilda La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2-o‘rin “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiolaga nasib etdi. Kuchli uchlikni esa Marokash terma jamoasi ustozi Valid Regragi egalladi. U o‘tgan yili “Vidad” klubi bilan Marokash chempionati va Afrika Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Eng yaxshi terma jamoa murabbiyi uchun ovoz berishda uchinchi o‘rinni egallagan Regragi IFFHS ovoz berish jarayonida birdaniga ikkita nominatsiyada kuchli uchlikka kirgan tarixda birinchi murabbiy bo‘ldi.
“Liverpul” klubini boshqarayotgan Yurgen Klopp esa ro‘yxatda 4-o‘rinni egalladi.
Fikrlar