Anchelotti Italiyada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi

  • 30.12.2022 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriyada g‘oliblik qaysi jamoaga tegishi haqida fikr-mulohaza bildirdi.

- Bu mavsum “Napoli” juda yaxshi o‘ynayapti. Men Neapol kabi shahar vakillari nihoyat Skudettoni qo‘lga kiritishiga umid qilaman.

Musobaqa jadvalida neapolliklarning ustunligi muhim jihat, lekin mavsum hali ancha davom etishini unutmaslik kerak. Mening Neapol jamoasidagi faoliyatim o‘zim uchun ancha manfaatli bo‘lgan. O‘shanda Italiyaga qaytishni istagandim va ishni juda yaxshi joyda boshlaganman.

Keyinchalik “Everton”dagi tajribam ham ancha foydali bo‘lgan. Keyin kutilmaganda “Real”ga qaytishimga to‘g‘ri keldi, - dedi Karlo Anchelotti.

Italiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Redjina”, “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, “Napoli”, “Everton”da ishlagan va “Real”ga  ikkinchi marta ustozlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!