Anchelotti: Jarima zarbasini Benzema yoki Kroos amalga oshirishi kerak edi

  • 15 avgust, 2022, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Real" safarda "Almeriya" bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda "qirollik klubi" 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdan so‘ng madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

 "Biz o‘yinni yomon boshladik. Hujumda yangilik qilishimiz kerak edi. Raqib himoyada juda yopiq o‘ynadi. 

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar charchab qoldi. Biz o‘yinni nazorat qildik va ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. 

Jarima zarbasini Benzema yoki Kroos amalga oshirishi kerak edi. Biroq Alaba zarba berishni istayotganini aytdi va ajoyib gol urdi. 

Ryudiger yaxshi o‘ynadi, uning tajribasi bizga ko‘p yordam berishi aniq. Shuningdek, yoshlarning o‘yiniga ham e’tibor qaratdim. Ularga bunday hissiyotli bahsda ishtirok etish bosim o‘tkazdi. Ammo bu normal holat", - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!