
Anchelotti Karvaxalning jarohati haqida gapirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa sardori Daniel Karvaxalning jarohati haqidagi savolga javob berdi. O‘ng qanot himoyachisi kecha "Vilyarreal" bilan o‘yin (2:0) yakuni arafasida raqib futbolchisi Yeremi Pino bilan to‘qnashib ketdi va natijada tizzasidan jiddiy jarohat oldi.
Shu tariqa 32 yoshli ispaniyalik futbolchi maydonni zambilda tark etdi. “Qirollik klubi” ustozi Karvaxalning jarohati juda jiddiy ko‘rinayotganini tasdiqladi.
“Karvaxal jiddiy jarohat oldi. Biz juda afsusdamiz. Doktor menga uning tizzasi jiddiy jarohatlaganini aytdi. Biz aniq nima bo‘lganini hali bilmaymiz. Tez orada u qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi”, - dedi italiyalik murabbiy.
Daniel Karvaxal joriy mavsum "Real" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar