Anchelotti: "Madriddagi hech bir narsani unuta olmayman"

  • 25 may, 13:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti “Real Sosedad”ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:0) “Santyago Bernabeu” stadionida so‘zga chiqdi. Bu italiyalik mutaxassis uchun “Real” bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yin edi.

Tecno

"Bu klub va jamoani boshqarish men uchun sharaf va zavq bo‘ldi. Avvalo, aziz prezidentimiz Florentino Peresga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bunday yuqori darajadagi futbolchilar bilan ishlash — bu katta baxt.

Sizlar bilan birga, bu tarixni yashash — ajoyib tajriba bo‘ldi. Bu oddiy emas, o‘ziga xos tarix edi. Chunki hech kim Karimning PSJ darvozasiga urgan uch golini, Rodrigoning "Siti"ga urgan ikki golini, Luka Modrichning "Chelsi"ga qarshi o‘yindagi pasini yoki Xoseluning ikki golini unuta olmaydi.

Bu erda o‘tkazgan kunlarimni hech qachon unuta olmayman. Shu so‘zlar bilan yakunlayman: “Yasha, Madrid — va boshqa hech narsa!”. Men sizni juda yaxshi ko‘raman" — deya Madrid muxlislari bilan xayrlashdi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 26 maydan boshlab u Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!