Anchelotti Mbappening kelishi haqidagi savolga antiqa javob berdi

  • 10 mart, 2023, 20:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi Evropa matbuotida juda ko‘p muhokama qilinmoqda.

Tecno

Jurnalistlar Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan Mbappening kelishi haqida so‘radi. Italiyalik mutaxassisning javobi o‘ziga xos bo‘ldi.

- Mbappening transferi haqida so‘rayapsizlar. Bu savolni menga bugun, uch kundan keyin, ikki oydan so‘ng berishingiz ham mumkin. Lekin unga hech qachon javob bermayman, - dedi Karlo Anchelotti.

PSJ Chempionlar ligasining nimchorak finalida “Bavariya” to‘sig‘idan o‘ta olmaganidan keyin parijliklarning Kilian Mbappe va Lionel Messi kabi yulduzlari klubdan ketishi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!