
Anchelotti muhim o‘yindan oldin "Real" muxlislarini tinchlantirdi
"Real" hujumchisi Karim Benzema “Real Sosedad”ga qarshi bo‘lib o‘tgan La Liganing o‘tgan turida jarohat olgan edi. Biroq jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so‘zlariga qaraganda, frantsiyalik futbolchida "Atletiko"ga qarshi bo‘ladigan Madrid derbisida maydonga tushish imkoniyati bor.
“Benzemaning tiklanish jarayonini baholashga bir necha kun vaqtimiz bor. Bugun u individual dastur asosida shug‘ullandi.
Kazemiro esa yaxshi holatda, qolgan futbolchilar ham derbiga yaxshi formada kelishadi”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni Benzema o‘rniga Luka Yovich maydonga tushgan va juda yaxshi o‘yin namoyish etgan edi.
Fikrlar