Anchelotti "Napoli" rahbariyatidan Ikardini sotib olishni so‘ramoqda
Italiyaning "Napoli" klubi "Inter" forvardi Mauro Ikardini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik to‘purarni shaxsan bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Ta’kidlash kerakki, Ikardi uchun shuningdek "Yuventus" klubi ham kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi “neradzurrilar” bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayotgani sabab sardorlik bog‘ichidan mahrum etilgan edi. Shundan so‘ng u jarohati bahona qilib maydonga tushmay kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar