
Anchelotti "Oltin to‘p" oladigan navbatdagi futbolchi kimligini aytdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, “qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema yana bir Oltin to‘pni qo‘lga kiritishi mumkin.
Italiyalik mutaxassis kecha Ispani kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Barselona”ga (4:0) qarshi bahsda xet-trik qayd etganidan so‘ng frantsiyalik futbolchining sport formasi haqida gapirdi.
"U kerakli tugmachani bosdi. Unga xalqaro tanaffusda qilgan mehnatlari katta yordam berdi.
U yana bir "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin, chunki u dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri", - dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum "Real" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol urdi.
Fikrlar