
Anchelotti o‘yinni davom ettirolmagan Mbappening jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining oltinchi turida “Real” Bergamoda mezbon jamoa “Atalanta”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib qaytdi.
Uchrashuvda hisobni ochgan Kilian Mbappe 36-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etdi.
Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti frantsiyalik yulduzning jarohati haqida gapirdi.
- Mbappening salomatligidagi muammolar ortiqcha yuklama, son mushaklaridagi og‘riq oqibatida kelib chiqdi. Bu jiddiy emas, deb o‘ylaymiz.
Hammasi qo‘shimcha tekshiruvlardan keyin aniq bo‘ladi.
O‘yin davomida u yugura olmay qoldi, nimadandir bezovta edi va biz uni zaxiraga olishga qaror qildik, - dedi Karlo Anchelotti.
Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar