Anchelotti: "Real Madrid" uchun bu sovrinni saqlab qolish qiyin"

  • 17.08.2024 18:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing yangi mavsumda "Los-Blankos"ning Ispaniya chempioni unvonini himoya qilish niyatlari haqidagi savolga javob berdi.

- La Liga chempionligi uchun barcha jamoalar bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keladi. Ispan futbolining sifati nafaqat jamoalarning La Ligadagi o‘yinlari, balki ispanlarning Evro-2024 ko‘rsatgan ajoyib harakatlari tufayli ham yaqqol ko‘rinadi.

Qolaversa, "Barselona" va "Atletiko" ham ancha kuchaydi. Biz chempionlik uchun kurashishimiz qiyin bo‘ladi, - deya Anchelotti so‘zlarini keltirmoqda "AS" nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunida "Qirollik klubi" o‘zining eng yaqin ta’qibchisi "Barselona"ni 10 ochkoga ortda qoldirib, La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!