Anchelotti "Real" muxlislaridan nimani so‘radi?

  • 8 mart, 2022, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL 1/8 finali doirasida PSJga qarshi bo‘ladigan javob o‘yinidan oldin muxlislarga murojaat qildi. Aytish kerakki, "qirollik klubi"ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos hozirda Parij klubida to‘p surmoqda va u Madriddagi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Sport.es nashriga bergan intervyusida Karlo Anchelotti Ramos bilan tez-tez gaplashib turishini va uni o‘yin davomida uni ko‘rishdan xursand bo‘lishini aytdi.

U Ramosni Madrid klubida o‘ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri deb atadi.

Italiyalik mutaxassis “Real” muxlislariga murojaat qilar ekan, ulardan Serxio Ramosni iliq kutib olishlarini so‘radi, shuningdek, uni haqorat qilishga asos yo‘qligini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!