Anchelotti "Real"da qoladi

  • 8 may, 2023, 16:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi haftalarda matbuotda Karlo Anchelotti kelasi yozda "Real" Madrid bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Biroq italiyalik mutaxassis kelasi mavsumda ham klubda ishlashda davom etadi. Insayder Ramon Alvares de Monning iijtimoiy tarmoqlarda bergan xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati ikki hafta oldin Anchelottiga qarorlarini e’lon qilishgan.

Tecno

Karlo Anchelottining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Italiyalik mutaxassis Madrid jamoasi bilan ishlashni davom ettirish istagi haqida bir necha bor gapirgan.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" ertaga Chempionlar ligasining yarim finalida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!