
Anchelotti "Real"dagi jarohatlar haqida: "FIFA kunlaridagi ayrim bellashuvlar o‘tkazilishidan mantiq topa olmadim"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoadagi jarohatlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ha, jarohatlar bizga ta’sir qildi. Ammo bizning jamoa bunga echim topa oladi. O‘zimizga mutlaqo ishonamiz va qo‘limizdagi bor imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilamiz.
Yagona echim - o‘yinlar sonini kamaytirish. Taqvim o‘ta zich tuzilgan, lekin futbolchilarning shu paytgacha bu haqda sira gapirmagani menga qiziq tuyuladi.
Bahslar sonini kamaytirsak, yaxshi bo‘lardi. Bu jarohatlarni kamaytiradi va yigitlarning erkin harakat qilishiga zamin yaratadi. FIFA kunlarida 8:0, 14:0 hisobida yakunlangan uchrashuvlarni ko‘rdim. Ochig‘i, shu kabi bellashuvlar o‘tkazilishidan mantiq topa olmadim.
Shunga qaramay, bizda variantlar ko‘p. Bir qator futbolchilarimiz universal va ular muammoni bartaraf eta olishiga ishonaman. Resurslar bo‘yicha ortiqcha gap-so‘zga hojat yo‘q!", - dedi mutaxassis.
Fikrlar