
Anchelotti "Real"dan ketadi va dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan birida ish boshlaydi!
Karlo Anchelotti kelasi mavsum yakunlangach Braziliya terma jamoasi boshqaruviga o‘tadi.
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Ispaniyada Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges bilan ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Globo nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar 2024 yilning yozida hamkorlikni boshlash haqida kelishib olishgan.
Italiyalik mutaxassis 2024 yil boshida "Real" rahbariyatini shartnomani uzaytirish bandini faollashtirmasligi haqida xabardor qilishi kutilmoqda.
Qayd etish lozimki, dastlabki rejaga ko‘ra, Karlo tayinlanishidan oldin uning o‘g‘li Davide Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi kerak edi. Tomonlar bu fikrdan voz kechishdi - Davide otasi bilan bir vaqtda jamoaga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Ramon Menezes Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.
Fikrlar