Anchelotti "Real"dan ketsa, uning o‘rnini kim egallashi aniq

  • 28.01.2023 19:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etganidan so‘ng "qaymoqranglilar"ning sobiq futbolchisi Xabi Alonso jamoa ustozi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.

Tecno

Xabi Alonso klubni, uning falsafasi va talablarini yaxshi biladi. Uning "Real"ga qaytishi ehtimoli yuqori, ammo bu qachon sodir bo‘lishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Karlo Anchelottining "Real" bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi, agar u shartnomasini uzaytirmasa, Alonso uning o‘rniga murabbiylik postiga o‘tishi mumkin. Shuningdek, Zinedin Zidan, Raul va Maurisio Pochettino variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

"Qirollik klubi" ispaniyalik afsonaning murabbiylik faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Hozirda u 2022/2023 yilgi mavsumda Bundesligada 9-o‘rinni egallab turgan Leverkuzenning "Bayer" klubini boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!