
Anchelotti “Real”ning EChL yarim finaliga chiqish imkonini qanday baholadi?
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” juda qiyin ahvolda qoldi. Madridliklar chorak finalning dastlabki uchrashuvida Londonda “Arsenal”ga 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Endi 16 aprelga belgilangan javob o‘yinida “Real” juda katta qahramonlik ko‘rsatishi va raqibni yirik hisobda mag‘lub etishi kerak.
Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti jamoasining yarim finalga chiqish imkoniyatini baholadi.
- Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz juda kam, shunga qaramay, biz bunga urinib ko‘rishimiz shart. Biz yomon o‘yinga reaktsiya qilishimiz lozim. Qani ko‘ramiz, bu qo‘limizdan kelarmikan?!
“Arsenal” maydonidagi natijadan keyin yarim finalga chiqish imkoni yo‘qdek ko‘rinmoqda. Lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, - dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar