Anchelotti: "Vinisius JCh-2026'da ajoyib o'ynaydi"

  • 17.03.2026 12:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Karlo Anchelotti Braziliya milliy terma jamoasi vingeri Vinisius Juniornig imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

— Vinisius Jahon futbolida yana yetakchi bo‘la oladimi?

"Vinisius hech qachon muhim o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchramagan. Men uning yarim final yoki chorak finalda yomon o‘ynagani eslay olmayman. Balki "Valensiya"ga qarshi o‘yinda u jahli chiqib, diqqatini yo‘qotgandir, ammo hal qiluvchi bahslarda bunday holat kuzatilmagan. Agar u terma jamoa tarkibida bo‘lsa, Jahon chempionatida juda yaxshi o‘ynashiga ishonaman", — dedi murabbiy.

Shuningdek, u futbolchining shaxsiyati haqida ham fikr bildirdi.

"Vinisius — haqiqiy braziliyalik. Uning xarakteri ham shunday: hayotsevar va kamtar. Men na Braziliya futbol konfederatsiyasida, na tanishlarim orasida kibrli insonni uchratmaganman. Vinisius kamtar, quvnoq va juda iqtidorlu futbolchi", — dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!