
Anchelottining qay holatda jamoadan ketishi aniq
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu mavsumda sovrin yutmasa, ishdan ketadi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.
Avvalroq, matbuotda klub prezidenti Florentino Peres bilan suhbat chog‘ida Karlo Anchelotti yozda unga ko‘proq transferlar kerakligini aytgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, Peres va Anchelotti o‘rtasidagi kelishmovchilik kuchaygan. Italiyalik mutaxassisning kelajagi kelasi oygacha aniqlanishi mumkin.
"Qirollik klubi" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari peshqadam "Barselona"dan 9 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar