Anchelottining shaxsan o‘zi "Liverpul" himoyachisini "Real"da ko‘rmoqchi

  • 03.01.2023 10:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" vakili Ibrahima Konate faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "Real" Madrid uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu transferga shaxsan madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘zi qiziqish bildiryapti. Italiyalik mutaxassis 23 yoshli futbolchining o‘yinlarini yuqori baholamoqda.

Katta ehtimol bilan, frantsiyalik himoyachi yozda jamoasini almashtiradi. Tomonlar 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishi kutilyapti.

Konate Frantsiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati kumush medallariga ega chiqdi. "Transfermarkt"da uning narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!