
Anchelottining uyiga o‘g‘ri tushdi!
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining uyiga o‘g‘ri tushdi, deb xabar bermoqda Football-Italia.
Manbaga ko‘ra, bosqinchilar seyfni uydan olib chiqqan. Talonchilik paytida italiyalik mutaxassis boshqa joyda bo‘lgan va jinoyatchilar uning qizidan qo‘rqib, juftakni rostlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2019 yildani buyon "Everton" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha imzolangan. “Irischilar” ayni damda APL musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar