
Anchelottining yangi ish joyi qaysi jamoa bo‘lishi ma’lum
Bugun “Napoli”dan iste’foga chiqarilgan mutaxassis Karlo Anchelotti kelgusi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 60 yoshli italiyalik murabbiyga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildira boshladi. Ta’kidlash kerakki, “kanonirlar” rahbariyati Anchelotti iste’foga chiqarilgach darhol u bilan aloqaga chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” 29 noyabr kuni Unai Emerini o‘z lavozimidan ozod etgan edi. Ayni damda jamoani Freddi Yunberg vaqtincha boshqarib turibdi.
Fikrlar