Masharipov O‘zbekiston – Portugaliya o‘yini oldidan Ronalduga murojaat qildi

  • 22.06.2026 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy  terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi tur doirasidagi uchrashuv oldidan Portugaliya terma jamoasi yulduz hujumchisi Krishtianu Ronalduga murojaat qildi.

Futbolchi o‘zining instagram sahifasida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida birga to‘p surgan davrlardan qolgan, Ronaldu bilan tushgan arxiv suratni joylashtirdi.

- Do‘stim, jahon chempionatida ko‘rishguncha, — deb yozdi Masharipov va postda Ronalduning rasmiy sahifasini belgilab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundialning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l oldi va debut uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bellashuvda o‘zbekistonliklar 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa, birinchi turda Kongt Deomokratik Respublikasi futbolchilari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu natijadan keyin Ronaldu tanqid ostida qoldi. 

Jaloliddin Masharipov do‘sti Ronaldu bilan maydonda to‘qnash kelmaydi. Tajribali futbolchimizda 16 iyun kuni umurtqa po‘gonasida disk churrasining takrorlanishi sababli rasmiy jahon chempionati uchun terma jamoaning yakuniy ro‘yxatidan chiqarildi. 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolchining tibbiy hujjatlarini FIFA qo‘mitasiga taqdim etdi va tashkilot majburiy almashuvni rasmiy ma’qulladi. 

Natijada 26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatda jarohat olgan yarim himoyachi o‘rnini hujumchi Ruslanbek Jiyanov egalladi.

Jahon chempionati guruh bosqichidagi O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuvi 23 iyun kuni AQShning Xyuston shahrida joylashgan «Xyuston Stedium» (NRG Stadium) arenasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
23/06/2026 00:38
Шоумен хренов